
"Bavariya" yarim himoyachisiga Turkiya jamoasidan qiziqish bor
Bavariya" yarim himoyachisi Marsel Zabittser "Beshiktosh"ning transfer maqsadiga aylandi.
Myunxenliklar avstriyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, chunki u murabbiy Tomas Tuxelning rejalariga kirmaydi.
"Fanatik" nashri xabariga ko‘ra, "Beshiktosh" Zabittserni taklif qilmoqchi. Tez orada turk klubi 29 yoshli yarim himoyachining vakillari bilan uchrashib, hamkorlikni muhokama qiladi. Tomonlar 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha ijara bo‘yicha kelishib olishlari ehtimoli katta.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi mavsumning ikkinchi yarmida Sabittser "Manchester Yunayted"da ijara asosida o‘ynagandi. Ingliz klubi futbolchini xarid qilmaslikka qaror qildi.
Fikrlar