“Bavariya”ning transfer rejalari oshkor bo‘ldi

  • 11 may, 2021, 04:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesligada chempionlikni hech kimga bermay kelayotgan “Bavariya” yozgi transferlar vaqtida olamshumul xaridlarni amalga oshirmaydi.

Tecno

Bu haqda “Bavariya” prezidenti Gerbert Xayner ma’lum qildi. Uning aytishicha, yozda mashhur futbolchilar olinmaydi, asosiy e’tibor klubni kelajagini ta’minlay oladigan yosh iste’dod egalariga qaratiladi.

- Biz jamoani yangi o‘yinchilar bilan to‘ldiramiz, lekin katta transferlar bo‘lmaydi. Hozirgi jamoamiz yosh va ancha kuchli, katta salohiyati bor. Men bu borada xotirjamman. Yaqin o‘rtada qimmatbaho transferlarni amalga oshirishga ehtiyoj borligini ko‘rmayapman.

Albatta, biz jamoa dunyoda eng kuchli bo‘lishini istaymiz. Lekin buning uchun katta mablag‘ talab qilinadi. Koronavirus pandemiyasi klublarning byudjetiga qattiq zarba bermoqda, - dedi Gerbert Xayner.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!