"Bavariya" Yovich borasida rasmiy taklif yubormoqchi, ammo u "Barselona"ga o‘tishni xohlamoqda

  • 23.03.2019 16:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Ayntraxt” forvardi Luka Yovich uchun “Bavariya” hamda “Barselona” kabi grand klublar kurash olib borishmoqda.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha Myunxen super klubi yaqin soatlar ichida 21 yoshli serbiyalik futbolchi borasida frankfurtliklarga rasmiy taklif yuboradi. Biroq, Yovichning o‘zi “Barselona”ga o‘tishni istamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda kataloniyaliklar sport direktori Erik Abidal uni Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Portugaliya – Serbiya uchrashuvida yana bir bor kuzatadi. Shundan so‘ng “Barselona” tomonidan tuning transferi borasida taklif bildirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yovich joriy hafta Germaniyaga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida o‘zining terma jamoa safidagi debyut golini kiritgan edi.

“Ayntraxt” rahbariyati Yovichni 60 mln evroga baholamoqda. Biroq, keyinchalik ushbu mablag‘ 70 mln evroga ham ko‘tarilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Yovich hozircha Bundesligada 15ta gol urishga erishdi. U chempionat to‘purarlari poygasida Robert Levandovskidan (18) keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!