
"Bavariya" yulduzi jarimaga tortildi
"Bavariya" futbolchisi Alfonso Devis mast holatda avtomobil haydagani uchun qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda Blick. Hodisa Myunxenda tunda sodir bo‘lgan.
Endi 24 yoshli himoyachini 500 evro miqdorida jarima va bir oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilish jazosi kutmoqda. Devisning qonida 0,6 promille alkogol aniqlangan, bu engil darajadagi mastlikka teng.
Devis joriy mavsumda barcha rasmiy musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularda uchta golli uzatma amalga oshirdi.Qanot himoyachisi "Bavariya"ga besh yil oldin Kanadaning "Vankuver Uaytkaps" klubidan o‘tgandan keyin qo‘shilgan.
Fikrlar