“Bavariya”da eng ko‘p maosh oladigan futbolchi nomi o‘zgardi

  • 5 avgust, 2022, 14:31
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bild” nashri jurnalisti Kristian Falk "Bavariya"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari nomini ma’lum qildi.

Robert Levandovski "Barselona"ga o‘tganidan so‘ng, Myunxen klubida eng ko‘p maoshni Sadio Mane oladigan bo‘ldi - yiliga soliqlar bilan qo‘shib hisoblaganda 22 million evro.

Senegalliklardan keyingi o‘rinlarda Manuel Noyer (21 million evro), Tomas Myuller (20,5 million evro), Leroy Sane va Kingsli Koman (har biri 20 million evro), Yozua Kimmix (19,5 million evro) va Serj Gnabri (19 million evro) bormoqda. Yangi kelgan Matteys De Ligt 2022/23 yilgi mavsum uchun soliqlar bilan birga 16 million evro oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!