
“Bavariya”ni qabul qilib olgan Nagelsmann bu futbolchidan voz kecholmadi
“Bavariya” bosh murabbiyligiga tayinlangan Yulian Nagelsmann klub rahbariyatidan markaziy yarim himoyachi Leon Goretskani olib qolishni talab qilmoqda.
Avvalroq, germaniyalik futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha maoshini ko‘tarishni so‘ragan edi. Biroq, klub xo‘jayinlari uning talabini inobatga olmagach, boshqa klublardan taklif ola boshladi. Xususan, “Manchester Yunayted” 26 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Nagelsmann esa Goretska jamoaning ajralmas qismi ekanini ta’kidlamoqda. Shu bois, klub bosh direktori Oliver Kan futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi.
Avvalroq, myunxenliklar David Alaba va Kingsli Komanning maoshni oshirish bo‘yicha talabini rad etgan edi.
Fikrlar