"Bavariya"ning asosiy futbolchilaridan biri noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 12.12.2019 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” klubi vingeri Kingsli Koman kecha EChL guruh bosqich so‘nggi turidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga (3:1) qarshi o‘yinda maydonga noto‘g‘ri quladi va jarohat oldi.

Myunxenliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchi tizzasidan jarohat olgan. Uning qachon safga qaytishi esa hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, Koman joriy mavsum “Bavariya” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!