"Bavariya"ning etakchi futbolchisi safga qaytdi

  • 4 yanvar, 2021, 21:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” vingeri Kingsli Koman jarohatidan butkul forig‘ bo‘ldi va umumiy guruhda shug‘ullanishni boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Frantsiyalik futbolchi 19 dekabr kuni “Bayer”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Shu tariqa u kecha “Maynts”ga qarshi bo‘lib o‘tgan yilning dastlabki bahsini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Koman joriy mavsum “Bavariya” safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!