Baxtiyor Ashurmatov: Tarkibni avtobusda tuzishga majbur bo‘ldim

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bugun birinchi uchrashuv bo‘lgani uchun murakkab o‘yin bo‘ldi. Ochig‘i tarkib tanlashda qiyinchiliklarga uchradik. Boisi, jamoaga jalb etilgan futbolchilar 3-4 kun qolganida kelib qo‘shilishgan edi.

Bugun faoliyatimda ilk bor tarkibni avtobusda kelayotib tuzdim. Boisi, Baenko va Abdumo‘minovlarga hali xalqaro sertifikat kelmagan edi. Shunga qaramay, yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi va buning uchun ularga rahmat aytaman.

AGMK – yaxshi shakllangan jamoa. Klub tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘p vaqtga ega bo‘ldi. Xalqaro o‘yinlarda ishtirok etdi. Shuning uchun bugun bizga ancha og‘ir bo‘ldi.

3-4 futbolchini inobatga olmasa, Olmaliqda o‘tgan yilgi tarkibdan hech kim qolmadi. O‘tgan yilgi AGMK va hozirgisi orasidagi farq juda ham katta. 10 ga yaqin futbolchi jamoani tark etdi va yangilari taklif etildi. Shunga qaramasdan, o‘tgan yili jamoa etakchisi bo‘lgan Jasur Hasanov hozir ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.

Gapim so‘nggida Buxorodan kelib, muxlislik qilgan ishqibozlarimizga tashakkur izhor etaman. O‘yin avvalida ham olmaliqlik muxlislar ismimni aytib, qo‘llab-quvvatlashdi va bu menda o‘zgacha taassurot qoldirdi", - dedi Ashurmatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!