Baxtiyor Hamidullaev: "Men O‘zbekistonning emas, "Andijon"ning afsonasiman"

  • 9 may, 2022, 23:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Baxtiyor Hamidullaevni tanimagan muxlis bo‘lmasa kerak. O‘z paytining mohir hujumchisi edi. To‘purarlikni yoqtiradigan, gol urishga chanqoq futbolchi sifatida yaxshi eslab qolganmiz. U o‘zbek futbolining afsonalari qatoridami-yo‘qmi, bunga muxlislar baho berishadi. Kuni kecha Sports.uz muxbiri ayrim masalalarda u bilan suhbatlashdi.

Tecno

- O‘zbekiston afsonalari va Italiya afsonalari o‘rtasidagi o‘yin tez orada bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv uchun O‘zbekiston afsonalari terma jamoasi tarkibidan joy olganlar e’lon qilindi. Lekin u erda sizga joy topilmagan...

- Tarkibdan joy olishim xayolimga ham kelgani yo‘q. Meni ham chaqirishlari mumkinligi haqida o‘ylaganim ham yo‘q. Tarkibni ko‘rdim, barcha chaqirilganlar loyiq deb o‘ylayman. Meni taklif qilishadi deb umuman o‘ylamayman ham. Nimagaki, men O‘zbekiston afsonasi emasman, “Andijon” afsonasiman.

- Shou o‘yinni qaerda ko‘rmoqchisiz?

- Agar 18 mayda murabbiylik uchun o‘qish boshlansa bevosita o‘yingohdan ko‘ramiz. Mabodo, o‘qishimiz kechroq boshlansa, uyda yoki choyxonada yaqinlar bilan ko‘raman.

baxa3_1

- Umuman olganda, mazkur shou o‘yiniga munosabatingiz qanday? Baribir sizda ham bu darajadagi uchrashuvda qatnashish istagi bo‘lsa kerak?!

- Albatta, bunday raqibga qarshi to‘p surishga hamma xohish bildiradi. Italiya afsonalariga qarshi o‘ynash katta baxt. Lekin men hozir o‘ynaydigan ishtiyoqda ham emasman. Futbol o‘ynashga ishtiyoq so‘nggan.

- Lekin vodiydan ham chaqirilganlar bor. Masalan, siz yaxshi bilgan sobiq hujumchilar – Shuhrat Mirholdirshaev va Nosir Otaqo‘ziev...

- Siz sanab insonlar hozirgi kunda o‘z viloyatlari futbol assotsiatsiyalarining rahbarlari hisoblanadi. Ularni bugungi futbolimiz uchun qo‘shayotgan hissalari bor. Shu sababdan ular bunga loyiq. Men esa anchadan beri futboldan tashqaridaman.

baxti2

- Futboldan ishtiyoqingiz so‘nishiga nima sabab? Axir futbolda o‘ziga yarasha iz qoldirgansiz-ku.

- Ba’zi-ba’zida xohishim bo‘lib qolsa, faxriylar jamoasiga borib o‘ynab turibman. Unda ham bir yilda bir bo‘lib qoladi. Ammo xohishim ham, istagim ham yo‘q. Murabbiylikda esa albatta ishtiyoqim bor. Yaqinda “A” litsenziyaning birinchi modulini tugatib keldik. Nasib qilsa, ikkinchi moduliga chaqirishadi.

- Murabbiylikdagi rejalaringiz qanday? O‘tgan vaqt davomida xizmatingizga takliflar bo‘ldimi?

- O‘zimizni Superligadan emas, pastki ligalardan takliflar bo‘ldi. Asosiy maqsad haqiqiy futbolga qaratilgan bo‘lsa, shunda ishlashni ma’qul deb bilaman. Bundan tashqari, Qirg‘izistondan taklif bo‘ldi. Keyin futbolga ixtisoslashgan har xil maktablardan chaqirishdi.

baxti1

- Sir bo‘lmasa, Qirg‘izistonning qaysi klubidan xizmatingizga qiziqish bildirilgandi?

- Oshning “Alay” jamoasida prezidentlikka ikkita nomzod bor edi. O‘shalardan biri menga aloqaga chiqib, agar klubda faoliyat olib boradigan bo‘lsak, siz bilan ishlaymiz, degan taklifni ilgari surishgandi. Klub prezidentligiga esa boshqa da’vogarning nomzodi ma’qul ko‘rildi.

- Superliga bilan pro ligani kuzatyapsizmi? Qanchalik o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz?

- Yaqinda murabbiylik o‘qishida Shamil Tagirovich dars o‘tdi. Uning ma’ruzalarini maroq bilan eshitdik. 2017 yildan 2022 yilgacha har jabhada faqat orqaga ketish bo‘lyapti ekan. Men ham shu fikrga qo‘shilaman. Oldingi futbolimiz hozirgisidan ancha kuchliroq edi. Ammo hozir ham ijobiy tomonga o‘zgarishlar bo‘lyapti. Shuni ayta olamanki, birinchi ligadan istalgan jamoa pro ligaga chiqib ketsa bo‘ladi. Pro ligada ham shunday. 4-5 ta jamoa Superligaga chiqish uchun teng kuchga ega ekan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!