
"Baxtli raqam"ning beshinchi g‘olibi Qashqadaryodan!
Bugun SPORTS.uz internet nashri tomonidan tashkil etilgan "Baxtli raqam" aktsiyasining 5-soni bo‘lib o‘tadi.
O‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar shunchaki "O" harfini bizning qisqa raqamlarimizga SMS qilib yuborishlari kerak bo‘ladi. Agar Siz Beeline, Ucell, Perfectum Mobile abonenti bo‘lsangiz - 5454, UMS abonentlari - 77777 va Uzmobile abonentlari esa 1424 raqamlariga SMS yuborishlari talab etiladi.
Hozirgina esa "Baxtli raqam" sovrinli o‘yinining beshinchi g‘olibi aniqlandi. Unga ko‘ra, generator +99891 XXX-51-44 raqamini tanladi va o‘z-o‘zidan ushbu abonent egasi "Baxtli raqam" aktsiyasi g‘olibiga aylanib, Samsung Galaxy A10 smartfoni egasiga aylandilar, Qayd etish joiz, mazkur abonent saytimizning qarshilik kuzatuvchisi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar
Генератор яна "Beeline" ни танлади.
Начора бу хам омад.