Baydarka va kanoe. Tokio-2020ga yo‘llanma beruvchi JChda qatnashadigan tarkibimiz aniq

CHERY AUTO

21-25 avgust kunlari Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu dunyo birinchiligi kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma berishi musobaqaga bo‘lgan qiziqish yanada ortishiga sabab bo‘lmoqda, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

Tecno

O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu jahon chempionatida katta tarkib bilan ishtirok etadi. Musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz asosiy tarkibi quyidagicha: Aleksey Mochalov, Shaxriyor Mahkamov, Shohruhbek A’zamov, Vilyam Ibragimov, Javohir Nurmatov, Ernest Irnazarov, Yuliya Borzova, Ekaterina Shubina, Elyor Muhammadaliev, Artur Guliev, Bekzodbek Umaraliev, Vadim Menkov, Gerasim Kochnev, Vladlen Denis, Nilufar Zokirova, Dilnoza Rahmatova, Gulbahor Fayzieva. Zahira: Nurislom To‘xtasin o‘g‘li, Serik Mirbekov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!