"Bayer" futbolchisi "Real" yoki "Barsa"ga o‘tishni istamoqda

  • 14 mart, 15:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Bayer" futbolchisi Jeremi Frimpong Ispaniyaning "Real Madrid" yoki "Barselona"ga klubiga ko‘chib o‘tmoqchi. 
 
"Sky Sports" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik himoyachi yozgi transferlar oynasida jamoani tark etsa, faqatgina "qirollik klubi" yoki "ko‘k-anorranglilar" safiga borib qo‘shilishni xohlamoqda. Madridliklar yozda Trent Aleksandr-Arnoldni olib kelishi mumkin bo‘lsa, kataloniyaliklarda yaxshi formadagi Jyul Kunde bor. 
 
Garchi Frimpong Ispaniyaning ikki grand klubiga ko‘chishni istayotgan bo‘lsa ham, fulbekka Angliyaning "Liverpul" klubi ham juda katta qiziqish bildirmoqda. 
 
Eslatib o‘tamiz, Jeremi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!