"Bayer" rahbari: "Bavariya" Virtsni o‘zimizniki deb o‘ylab bo‘lgandi"

  • 19.07.2025 15:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Bayer" klubi bosh direktori Fernando Karro "Bavariya" bilan Florian Virts bo‘yicha muzokaralarni yodga oldi.

Myunxen klubi 22 yoshli hujumkor yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlardan biri edi. Ammo natijada Virts "Liverpul"ni tanladi.

Karro so‘zlariga ko‘ra:

"Bavariya"dagilar, aniq qilib aytganda, Virts aynan ularni tanlashini o‘ylashgan. Shunda men ularga: "Bizda bu borada boshqa ma’lumot bor" dedim" - deya o‘z so‘zini yakunladi klub prezidenti.

Ma’lumot o‘rnida, "Liverpul" Virts uchun 125 million evro to‘ladi — bu klub tarixidagi eng yirik transferlardan biri bo‘ldi (bonuslarsiz).

Eslatib o‘tamiz, uning otasi esa bu qaror ortida sport loyihasi va rejalar katta ahamiyat kasb etganini ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!