"Bayer"ning yana bir futbolchisi boshqa klubga o‘tishga tayyor

  • 15.06.2025 23:56
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Granit Jaka "Milan"ga ko‘chib o‘tishga yaqin. Bu haqda Nikolo Skira ma’lum qildi.

"Rossonerlar" Shveytsariya milliy terma jamoasining 32 yoshli yarim himoyachisiga 2028 yilgacha shartnoma taklif qilmoqda (yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan). Manbaning xabar berishicha, Granit bu transferga rozilik bildirgan.

"Milan" allaqachon futbolchining transferi bo‘yicha "Bayer" bilan muzokaralarni boshlagan.

Jaka 2024-25 yilgi mavsumda Bundesligada 33 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!