Bektemir Meliqo‘ziev jangdan oldingi dastlabki tekshiruvdan o‘tdi

  • 20 dekabr, 2020, 08:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziev 30 yanvar kuni navbatdagi jangini o‘tkazishidan xabaringiz bor. U mashhur rossiyalik charmqo‘lqop ustasi Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu to‘qnashuv Moskva shahridagi "Lujniki" arenasida bo‘lib o‘tadi. 

Muhim jangdan oldin bir qator tadbirlar va tekshiruvlar o‘rin oladi. Jumladan, dopingga, koronavirusga test topshirish, vazn o‘lchash, ko‘z urishtirish va matubot anjumanlarini aytib o‘tish mumkin. Bektemir ham aynan shunday tadbirlarning dastlabkisidan o‘tdi. Ya’ni, WADA qonun-qoidalariga muvofiq, dopingga test topshirdi. 

Ma’lumot uchun, Meliqo‘ziev professional yo‘nalishda 6 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan va ularning 5 tasini muddatidan avval yakunlagan. 

bekk 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!