Bektemir Meliqo‘ziev vazn o‘lchash va "face to face" marosimida ishtirok etdi (video)
Toshkent vaqti bilan yakshanba tongida yana bir hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Golden Boy kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida unga perulik Devid Segarra raqib bo‘ladi. Juftliklar jang oldidan vazn o‘lchash va "face to face" marosimida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, Meliqo‘ziev 77,8 kg, Segarra 78 kg tosh bosdi.
VID_20220319_013058_505

Fikrlar