
Bektemir Meliqo‘zievning jangi uch raund davom etdi
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan Bektemir Meliqo‘ziev (6-0, 5 KO) bir necha soat avval, o‘zining navbatdagi jangini meksikalik Alan Kampaga (17-6, 11 KO) qarshi o‘tkazdi.
Jangda katta ustunlikka erishgan hamyurtimiz, 2-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi. 3-raundda esa, Bektemirning ketma-ket kuchli zarbalaridan so‘ng, meksikalik bokschi nokaut holatiga tushdi. Shu tariqa, Meliqo‘ziev professional boksdagi 6-g‘alabasini qo‘lga kiritish barobarida WVO Inter-Kontinental kamariga ham ega chiqdi.
Fikrlar