Bektemir Meliqo‘zievning navbatdagi jangi va raqibi ma’lum bo‘ldi
AQShning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 22 fevral tongida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda taniqli charm qo‘lqop ustamiz Bektemir Meliqo‘ziev ganalik bokschi Sena Agbeko (29–4) ga qarshi ringga ko‘tariladi.
Markaziy jangda esa Rayan Garsiya va Mario Barrios WBC yarim o‘rta vazn kamari uchun to‘qnash kelishadi.
Ma’lumot uchun, Meliqo‘ziev professional boksda 17 ta jang o‘tkazib, 16 tasida g‘alaba qozongan va 1 ta mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar