Bekxem: Futbolchilik paytimda unga qarshi ikki marta maydonga tushganman...

  • 11 may, 2024, 00:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Devid Bekxem nima sababdan Messini "Inter Mayami"ga olib kelganini tushuntirib berdi.

Tecno

"Gap Leoning futbol dunyosiga bo‘lgan ta’siri haqida ketmoqda. U yosh avlodni ilhomlantirish salohiyatiga ega. Bu uni olib kelishimizning asosiy sabablaridan biri. 

Albatta, men ham u bilan shartnoma imzolashni istardim. Sababi, u qanday futbolchi va inson ekanligini bilardim. Futbolchilik paytimda unga qarshi ikki marta maydonga tushganman hamda uning o‘yinlariga ishqiboz bo‘lib qolganman.

Men har doim futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchini jamoamizga taklif qilishni rejalashtirganman. Baxtimizga hammasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ha, hammaning o‘ziga yarasha fikri bor. Yillar davmida bir qancha futbolchilar muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. fikrimcha, Messi - ideal futbolchi", - deydi "Inter Mayami" klubi egasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!