Bekxem "Inter"ga Agueroni olib kelmoqchi
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero "Inter Mayami" klubi qiziqishlari doirasiga kirdi.
The Sun nashriga ko‘ra, Amerika klub egasi Devid Bekxem 31 yoshli futbolchining transferiga shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Agueroni "Barselona" sardori, vatandoshi, Lionel Messi ham o‘z jamoasi tarkibida ko‘rish istagida.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchining "shaxarliklar" bilan shartnomasi 2021-yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar