Bekxem Mbappe bilan nega uchrashdi? Messining ortidan keyin uni ham olib ketadimi?

  • 16 yanvar, 2024, 16:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbol afsonasi Devid Bekxem AQShning “Inter Mayami” klubi xo‘jayinlaridan biri hisoblanadi. Bekxem PSJ mashg‘ulot bazasiga kelib, parijliklarning asosiy yulduzi Kilian Mbappe bilan shaxsan uchrashdi.

Tecno

Mbappe faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha hali bir qarorga kelmagani Bekxemning tashrifi borasida turli versiyalarni keltirib chiqardi.

Ma’lumki, PSJning sobiq hujumchisi Lionel Messi ham Devid bilan uchrashuvdan keyin Evropani tark etib, “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, Devid Bekxem Parijga basketbol bo‘yicha “Bruklin Nets” va “Klivlend Kavalers” o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun kelgan. Vaziyatdan foydalanib, sobiq jamoasi PSJ qarorgohiga ham borgan.

Bekxem birinchi bo‘lib Mbappeni uchratgani aytilmoqda. Ular nimalar haqida suhbatlashgani ochiqlangani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!