Bekzod Abdurahmonovga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi yoxud 74 kg vaznda Tokio Olimpiadasi favoritlari kimlar?

CHERY AUTO

Hozirgi kunda barcha sportchilarning birinchi navbatdagi maqsadi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish, litsenziyaga ega chiqqanlar esa, to‘rt yillikning eng nufuzli turniriga munosib hozirlik ko‘rish, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Tecno

O‘zbekistonlik erkin kurashchilar ham bundan mustasno emas, ayniqsa, 74 kg vazn toifasida gilamga chiqadigan vakilimiz Bekzod Abdurahmonov Qozog‘istonda bo‘lgan jahon chempionatida yo‘llanmani qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng, oldinda turgan turnirlarda bu litsenziyanga ega chiqishga qat’iy bel bog‘lagan. Biroq, bu borada unga oson bo‘ladi, deb ayta olmaymiz. Chunki unga endi, O‘zbekiston miqyosida ham jiddiy raqobatchi paydo bo‘lgan.

Biz unga bu borada bir-ikkita savol bilan murojaat qildik.

- Birinchi navbatda, Tokio Olipiadasiga litsenziya beruvchi yana qanday turnirlar mavjud?

- Osiyo chempionati va yana bir xalqaro musobaqa bor. O‘sha chempionatlarda albatta, yo‘llanmani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

- Rio Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro‘zov ham sizning vazn toifangizda harakat qiladigan bo‘ldi. Demoqchimanki, jiddiy raqobat yuzaga keldi. Bunga munosabatingiz?

- Albatta, har bir kurashchi xohlagan vazn toifasida kurashishi mumkin. Ixtiyor akani bu vazn toifasiga o‘tishi yaxshi bo‘ldi. Chunki fikrni bir joyga jamlab, yanada yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilaman.

- Tabiiyki, sizning vazn toifangizda juda kuchli kurashchilar jam bo‘lgan. Tokio Olimpiadasida kimlar o‘zini ko‘rsata oladi, degan fikrdasiz?

- Har doim vaznimda amerikalik va rossiyaliklar juda kuchli bo‘lgan. Shuningdek, Frank Chamizo ham bor. To‘g‘risini aytsam, vaznimizda besh-oltita kuchli kurashchilar bor va aynan ularning har biri Tokio Olimpiadasida g‘olib chiqishi mumkin.

- Bu borada sizga omad tilab qolamiz!

- Rahmat.

Bekzod Abdurahmonov: "Habib Nurmagomedov bilan jang qilgan bo‘lardim"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!