Belal Muhammad: "Tom Aspinall, bu sening aybing emas"

  • 01.11.2025 10:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning sobiq chempioni Belal Muhammad og‘ir vazn toifasi amaldagi chempioni Tom Aspinallni himoya qildi.

"Tom, endi sen men his qilgan og‘riqni his qilyapsan. Men ham bu holatda bo‘lganman. Kimdir seni ko‘zingga urib yuboradi — bu sening aybing emas — lekin dunyo seni ayblaydi. Maslahatim: bu haqda o‘ylama! Odamlar nima deyishidan xavotir olma. Hatto sen shifokor bergan hujjatlarni ko‘rsatsang ham, ba’zilar: “Hech narsa bo‘lmagan”, — deyishadi. Shuning uchun o‘zingni oqlashning foydasi yo‘q. Men ham Leon Edvards bilan jangdan keyin 30 daqiqa ko‘zimni ocholmaganman. Bu og‘riqdan ham ko‘ra ko‘proq ruhiy sinov edi. Shifokorlar “sportga qaytma” deyishlaridan qo‘rqqanman. Shuning uchun, Aspinall, odamlar tanqid qilsa ham, parvo qilma. Shunchaki yo‘lni davom ettir", - dedi Belal.

Eslatib o‘tamiz, britaniyalik "UFC 321" turnirida Siril Ganga qarshi bahsda ko‘ziga barmoq orqali berilgan zarba tufayli jangni davom ettira olmagan edi. Keyinroq Aspinall tibbiy tekshiruvdan o‘tdi, biroq ba’zi jangchilar va muxlislar uning jarohatiga ishonmay, go‘yo u jangdan qochgan, deb da’vo qilishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!