Belgiya birinchi bo‘lib gol urgan o‘yinda Angliya g‘alaba qozondi (video)
UEFA Millatlar ligasining 3-turida Angliya terma jamoasi o‘z maydonida Belgiyani qabul qildi.
Markus Reshford (39') va Meyson Mauntning (65') gollari “Uembli”da kechgan bellashuvda Angliyaga g‘alaba keltirdi. Belgiyaliklarning yagona javob goliga Romelu Lukaku (16') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar