
Belgiya bosh murabbiyi: "Vaziyatlarni ko‘kka sovurish azaliy muammomiz"
Domeniko Tedesko Millatlar ligasida Frantsiya terma jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
"25-daqiqadan so‘ng bizni deflyatsiya qilishdi. Pressingda muammolar paydo bo‘ldi. Bungacha biz yaxshi o‘ynadik. Keyin esa keskinlik yo‘qola boshladi. Va biz o‘zimizni eng yaxshi tarzda himoya qila olmadik. Bizga sabr-toqat etishmadi. Juda ko‘p pallalarda tavakkal qildik.
Uchrashuvni qanday boshlaganimizni inobatga olsak, yutqazish uyat. Ko‘ngli qolsa ham bo‘lmaydi. Biz 25 daqiqa davomida dadil harakat qildik, o‘yinni nazorat qildik. Lekin gol urishga kelganda oqsadik. Bizda uchta imkoniyat bo‘ldi. Ulardan biri gol urish uchun ishonchli imkoniyat edi. Biroq yana o‘sha eski muammoga yo‘liqdik. Ya’ni vaziyatlarni ijro etish bo‘yicha azaliy muammomizga takror duch keldik”, - dedi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Fikrlar