
Belgiya UEFA Millatlar ligasining final turniri uchun tarkibni e’lon qildi
Belgiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasining final turniri uchun o‘z tarkibini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Kun Kastels, Simon Minole, Matts Zels.
Himoyachilar: Tobi Alderveyreld, Dedrik Boyata, Djeyson Denayer, Yan Vertongen, Timoti Kastan, Toma Mene.
Yarim himoyachilar: Yannik Ferreyra Karrasko, Torgan Azar, Aleksis Salemakers, Kevin de Bryuyne, Leander Dendonker, Yuri Tilemans, Xans Vanaken, Aksel Vittsel, Sharl de Ketelare, Dodi Lukebakio.
Hujumchilar: Eden Azar, Leandro Trossard, Mishi Batshuayi, Romelu Lukaku.
UEFA Millatlar ligasining final turnirida Belgiya termasidan tashqari Frantsiya, Ispaniya va Italiya ham ishtirok etadi. Musobaqaning yarim finalida Belgiya Frantsiya bilan, Italiya esa Ispaniya bilan o‘ynaydi.
Fikrlar