Belgiyada bu jamoaga etadigani yo‘q. Sababi...

  • 18.07.2022 09:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Belgiya Superkubogi bahsida "Bryugge" va "Gent" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin taqdirini 39-daqiqada Skov Olsen tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa "Bryugge" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va bosh sovringa ega chiqdi.

E’tiborlisi, “ko‘k-qoralar” bu borada milliy rekordni yangilab, 17-marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritishdi. "Bryugge"ning bu boradagi eng yaqin ta’qibchisi - "Anderlext" 13 marta Superkubogni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!