
Belgiyadan yirik hisobdagi g‘alaba. Portugaliya esa Ronalduning yagona goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan Estoniya - Belgiya va Islandiya - Portugaliya bahslari bo‘lib o‘tdi.
Islandiya - Portugaliya o‘yinida bir kishi kam bo‘lib qolgan mezbonlar durangni ushlab qolishga harakat qildi, lekin 89-daqiqada Ronaldu hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan vaqtda darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Martines shogirdlari 3 ochkoni qo‘lga kiritib, "J" guruhida peshqadamga aylanib oldi.
Estoniya - Belgiya uchrashuvidada Lukaku dubl qilgan bo‘lsa, Bakayoko o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Belgiya 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar