
Belgrad-2021. Abdumalik Xalakov jang o‘tkazmasdan finalga yo‘l oldi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada chorak finallar yakunlandi. Endi navbat yarim finallarga.
-60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov JCh yarim finalida eronlik Daniyal Shaxbaxshga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq, eronlik bokschining jarohati jiddiy ekanligi sababli u ringga chiqmaydi va shu tariqa, Abdumalik avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi!
Uning raqibi frantsiyalik Sofiane Oumia hamda Dominikan Respublikasi sharafini himoya qilayotgan Aleks de la Kruz qarama-qarshiligi g‘olibiga qarshi ringga chiqadi.
Fikrlar