
"Bellator 244": Fyodor Emelyanenko uchun qasos olindi
AQShning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida tashkil etilgan "Bellator 244" turniri o‘z yakuniga etdi. Uning markaziy jangi "Bellator"ning ikki divizion, ya’ni yarim og‘ir hamda og‘ir vazn toifasi chempioni amerikalik Rayan Beyder hamda yarim og‘ir vaznda da’vogar rossiyalik Vadim Nemkov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Rossiyalik jangchi ushbu promoushenda ketma-ket to‘rt bora g‘alaba qozonib, da’vogar maqomiga ko‘tarila olgan edi. Bu to‘qnashuv o‘ziga xos revansh bo‘lib, Nemkovning murabbiyi afsonaviy Fyodor Emelyanenko aynan Beyder tomonidan nokautga uchratilgandi. Bu jangda Emelyanenko uchun qasos olindi. Nemkov Bayderni ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Endi "Bellator"da yangi chempion paydo bo‘ldi.
Fikrlar