Shomurodov va Fayzullaev "Bashakshehir" safida qancha maosh oladi?

  • 28.12.2025 17:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning "Istanbul Boshakshehir" jamoasi safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullaev to‘p tepmoqda. Futbolchilarning ushbu klubda olayotgan maoshi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shomurodov haftasiga 24 ming yevro maosh oladi va yil davomida 1,25 mln yevro ishlab topadi. U "Boshakshehir" jamoasida eng ko‘p maosh oladigan to‘rtinchi futbolchi hisoblanadi. Fayzullaevga esa haftasiga 10 ming yevro to‘lanadi. Yarim himoyachining yillik maoshi 560 ming yevroni tashkil qiladi.

Quyida futbolchilarning oylik maoshlari bilan to‘liq tanishib olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, Eldor Turkiya Superligasining joriy mavsumida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Abbosbek esa 9 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
28/12/2025 21:40
ZO‘R!!!