
Bellator prezidenti: Emelyanenko janglarni emas hukumatni tanlashi mumkin
Bellator prezidenti Skott Koker rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Fyodor Emelyanenko bilan kelajakdagi maqsadlari haqida aytib o‘tdi.
- Fyodor bilan uning kelajagi borasida gaplashganim yo‘q. Xozirda u Moskvada, biroq Fyodor bilan yaqin orada Chikagoda tashkillashtirilayotgan Bellator 221da uchrashib uning kelajagi borasida suhbatlashamiz.
Agarda Emelyanenko jang qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tsa, biz Yaponiya, AQSh hamda Moskvada turnir tashkillashtiramiz. Ammo u faoliyatini hukumatda davom ettirishini ta’kidlashi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, Fyodor ohirgi jangini Bellator gran-prisida o‘tkazib, unda Rayan Beyderga 35 sonida mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar