
Bellingem - Eng yoxshi yosh futbolchi!
"France Football" "Kopa" sovrini egasini ma’lum qildi. Unga ko‘ra eng yaxshi yosh futbolchi Jud Bellingem, deb topildi.
U "Borussiya" bilan ajyoib mavsum o‘tkazib, yozgi transferlar oynasida "Real"ga ko‘chib o‘tdi. Yangi klubida yarim himoyachi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Jud "Kopa" sovrini uchun "Bavariya" vakili Jamal Musiala va "Barselona" himoyachisi Alexandro Balde kabi futbolchilar bilan kurash olib bordi.
Fikrlar