Bellingem besh yillik rejasini oshkor qildi

  • 3 noyabr, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri bo‘lib turgan “Real” yarim himoyachisi Jud Bellingem yaqin besh yillikdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Men keyingi besh yil davomida besh marta Evropa chempionlar ligasida va Evropa chempionatida g‘olib chiqmoqchiman. Shuningdek, imkon bo‘lsa, jahon chempioni bo‘lmoqchiman.

Har doim imkon qadar optimist bo‘lishga harakat qilaman. Yutqazamiz, deb futbol o‘ynashda mantiq yo‘q. Har yili har qanday musobaqada faqat g‘alabani o‘ylab o‘ynash kerak. Bo‘lmasa, bundan nima naf?

Qaysi sovrinlar necha martadan yutishning ahamiyati yo‘q. Men o‘z darajamda o‘ynab, yaxshi natijalarga erishishni istayman. Keyingi besh yil davomida oilam sog‘-salomat va baxtli bo‘lsa, men uchun eng muhimi shu, - dedi Jud Bellingem.

“Qirollik klubi” yozda Bellingemni qo‘lga kiritish uchun Dortmundning “Borussiya” jamoasiga 103 million evro to‘ladi. Angliyalik futbolchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida o‘nta uchrashuvda 10 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Shuningdek, Jud Evropa Chempionlar ligasida uch marta maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli pas yozdirib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!