
Bellingem qachon safga qaytadi?
Madridning "Real" klubi safida to‘p surayotgan angliyalik xavbek Jud Bellingem jarohatlangan elkasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng tiklanadi.
AS jurnalistlari ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachi oktyabr oyi oxiridan oldin safga qaytishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi "qirollik klubi" safiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi va "qaymoqranglilar" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Judning bozor narxi 180 million evroni tashkil etadi.
Jud La Liganing o‘tgan mavsumida 31 ta jangda qatnashib, 9 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar