Bellingem "Real"ga qanchaga tushadi?
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem "Real"ga o‘tishga yaqin. Insayder Kristian Falkning so‘zlariga ko‘ra, "arilar" o‘z futbolchisi uchun "qirollik klubi"dan 100 million evro oladi. Yana 20 million bonus sifatida taqdim etiladi.
"Borussiya" Bellingemni sotishdan 150 million evro ishlab olishni kutgandi. Rasman transfer kelasi hafta elon qilinishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Jud "Borussiya" bilan birgalikda Bundesliga vitse-chempioniga aylandi. U liganing 31 o‘yinida maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar