Bellingem transferi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
Angliya futbolining iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblangan Job Bellingem yozgi transferlar oynasi davrida “Borussiya Dortmud”ga ko‘chib o‘tib, ilk bor legionerga aylangan edi.
Endi 20 yoshli futbolchi huddi akasi Jud Bellingem singari Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilyapti. Eslatib o‘tamiz, Jud ham avvaliga “Borussiya Dortmund”dan mahorat oshirganidan keyin “Real”ga ko‘chib o‘tgandi.
La Liga vakili “Vilyarreal” hujumkor futbolchini “Borussiya Dortmund”dan olish maqsadida ilk qadamlarini tashladi.
Fichajes nashri tarqatgan xabarda aytilishicha, “Vilyarreal” rahbariyati Jobni markaziy chiziqni kuchaytirish uchun ustuvor nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Bu qaror jamoada bo‘lajak tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Manbalarga ko‘ra, ispaniyaliklar Bellingem uchun 20 million yevro atrofida rasmiy taklif tayyorlamoqda. Biroq nemis klubi futbolchini ancha qimmat, ya’ni 30 million yevrodan kam bo‘lmagan summaga baholamoqda. “Borussiya” Bellingemni sotib yuborishga shoshilmayapti, chunki o‘yinchining yoshi, salohiyati va unga qilingan sarmoya katta ahamiyatga ega.
Fikrlar