
Bellingem UEFA tomonidan jarimaga tortildi!
UEFA Angliya terma jamoasi futbolchisi Jud Bellingemni Slovakiyaga qarshi o‘yinidan so‘ng jarimaga tortdi.
"Bild" xabariga ko‘ra, Jud Slovakiyaga qarshi bahsda qo‘li bilan qilgan ishorasi uchun 20 000 evro jarimaga tortildi. Ammo Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi diskvalifikatsiya qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Evro-2024" nimchorak finalida Angliya terma jamoasi ekstra-taymlarda 2:1 hisobida Slovakiyani mag‘lub etdi. Bellingem 95-daqiqada hisobni tenglashtirgandi.
Goldan so‘ng, Bellingem qo‘li bilan ishora qilib, qo‘lini silkitdi. U buni yaqin do‘stlarga nisbatan hazil ishorasi deb, atadi.
Epizodni ko‘rib chiqib, UEFA ingliz futbolchisini diskvalifikatsiya qilmaslikka qaror qildi va 20 000 evro jarimaga tortdi.
Fikrlar