“Benfika” Entso uchun kurashayotgan klublarga qanday shart qo‘ydi

  • 15 dekabr, 2022, 17:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik yarim himoyachi Entso Fernandes jahon chempionatidagi yorqin o‘yinlari orqali top klublar e’tiboriga tushdi. Hattoki futbolchi “Liverpul” bilan kelishuvga erishib bo‘ldi, degan xabarlar tarqalmoqda.

Tecno

Ammo “90MIN” nashri bunday mish-mishlarni rad qlilmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, yarim himoyachi ayni damda bor e’tiborini Frantsiyaga qarshi final uchrashuviga qaratgan. U hozir klublar bilan shartnoma imzolaydigan holatda emas.

“Benfika” esa Entsoni qo‘lga kiritishni istaydigan klublarga o‘z shartini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Portugaliya klubi futbolchining 120 million evrolik tovon pulini to‘lanishini istaydi. Fernandes “Benfika”ga yozda 18 million evro evaziga “River Pleyt”dan kelib qo‘shilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!