"Benfika" yulduzi klubga qaytishi mumkin
"Arsenal" markaziy himoyachisi David Luiz sobiq jamoasi "Benfika"ga qaytish niyatida.
Braziliyalik futbolchi 2007-2011 yillar mobaynida lissabonliklar sharafini himoya qilgan.
"Men Vieyra ("Benfika" klubi prezidenti) bilan suhbatlashdim. Agar u va klub muxlislari rozi bo‘lishsa, ushbu qaytish amalga oshishi mumkin", - futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda A Bola nashri.
Fikrlar