
Benteke Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Londonning "Kristal Pelas" klubi hujumchisi Kristian Benteke joriy yozgi transferlar davrida "Fenerbaxche"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Fanatik nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turk klubi 28 yoshli belgiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. O‘z navbatida Benteke ham londonliklar safida asosan zaxiraga qolib ketayotgani sabab jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Benteke “Kristal Pelas” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jami 90ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 15 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar