Benzema Afg‘onistonda, Messi Indoneziyada, Grizmann Parijda yoxud dunyo La Liganing qaytishini qanday kutib oldi? (FOTO)

  • 12 iyun, 2020, 22:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aftidan, Ispaniya La Ligasi mavsumning tiklanishiga juda puxta tayyorgarlangan ko‘rinadi. Pandemiya tufayli Primera o‘yinlari paytida stadionlarga tomoshabinlar kiritilmasada, ushbu chempionat uchrashuvlarini teletranslyatsiyalar orqali millionlab tomoshabinlar kuzatib borishlariga shubha yo‘q.

Tecno

La Liga rahbariyati karantin paytida ham o‘z ish faoliyatini olib bordi va xalqaro hamkorlari yordamida dunyoning 50 mamlakatida 160 ta global tadbirlarni, shu qatorda "La Liganing Birlashgan ko‘chalari" badiiy aktsiyasini tashkil qildi. Rassomlar 5 qit’aning 12 shahrida tematik graffiti yaratdilar.

“Bizning har bir tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaydigan xalqaro va milliy hamkorlarimiz yordamida dunyodagi barcha muxlislar La Liganing qaytayotganidan quvonmoqda. Biz tashkil qilgan tadbirlarimiz tufayli bu butun dunyoga seziladi”, - deydi La Liganing biznes, marketing va xalqaro rivojlanish bo‘yicha direktori Oskar Mayo.

Londonning janubi-g‘arbiy qismida, Stokuell hududida La Liganing turli jamoalarida to‘p suruvchi besh nafar futbolchining surati paydo bo‘ldi. Britaniyalik rassom Gnasher o‘zini futbol muxlisi deb hisoblaydi, shuning uchun u futbol to‘liq qaytishini kuta olmadi.

"Pandemiya juda qiyin payt edi. Odamlarning yuziga tabassum keltiradigan biron bir narsa yaratishga harakat qildim va yaratgan bunday ajoyib imkoniyatga ega bo‘lganimdan behad minnatdorman”, - deydi Gnasher.

Albatta, Messi rassomlar orasida eng mashhur qahramonlardan biri hisoblanadi. Bu erda Leo Bali shahrida (Indoneziya) buqa va ajdaho ishtirokida tasvirlandi.

Bu esa Braziliya, San-Paulu.

Ushbu loyiha hatto Qobulgacha ham etib bordi. Afg‘onlar o‘z san’at asarlarini Messisiz yaratishdi.

Parijda esa La Ligadagi frantsuz yulduzlari – Antuan Grizmann («Barselona»), Karim Benzema («Real»), Maksim Gonalon («Granada»), Nabil Fekir («Betis») va Kevin Gameyro («Valensiya») tasvirlandi. Ushbu kollaj Frantsiya poytaxtining diqqatga sazovor xududida joylashdi.

Ba’zi shaharlar esa ma’lum bir futbolchini tasvirlashdan qochdi. Mexikodagi surat ham bunga misol bo‘la oladi.

Bu esa Daniya poytaxti Kopengagen shahri.

La Liganing qaytishi sharafiga chizilgan graffitilarni shuningdek, Gonkong (Xitoy), Bogota (Kolumbiya), Xoshimin (Vetnam), Lagos (Nigeriya) va Dar-es-Salam (Tanzaniya) shaharlarida ham ko‘rish mumkin.

Bu Ispaniyaning o‘zida ham antiq usulda tashkillashtirildi. Madrid markazidagi ko‘chalarning biriga La Liganing barcha klublari liboslari osib chiqildi.

tiago_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!