
Benzema “Al-Ittihod”dan nega ketib qoldi? Sababi ma’lum bo‘ldi
Yaqinda Karim Benzema “Al-Ittihod”ning ikkita mashg‘ulotida qatnashmasdan klubni noma’lum sabablarga ko‘ra tark etgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Ko‘pchilik buni frantsiyalik to‘purarning klub rahbariyati, xususan, jamoani bir necha hafta oldin qabul qilib olgan argentinalik mutaxassis Marselo Kallyardo bilan kelisha almay qolgani bilan izohladi.
Benzemaning avvalgi bosh murabbiy Nunu Espiritu Santo bilan ham munosabati yaxshi bo‘lmagan.
15 ta uchrashuvda to‘qqizta gol va beshta assist muallifi bo‘lgan Karimning tanqid qilinishiga asosiy sabab sifatida “Al-Ittihod”ning chempionatda 7-o‘rinni egallab turgani ko‘rsatilmoqda.
Shunga qaramay, Benzemaning Jidda shahridan ketib qolishi kutilmagan holat bo‘lmagan ekan. Arab matbuotining yozishicha, “Al-Ittihod” rahbariyati Karim ruxsat olib ketgani haqida ma’lumot berdi.
- Benzema rahbariyatdan shaxsiy sharoiti tufayli uch kunlik qo‘shimcha ta’til so‘radi. Keyin Madridga yo‘l oldi. Karim juda professional o‘yinchi va jamoaga sodiq, - dedi “Al-Ittihod” menejerlaridan biri.
Fikrlar