Benzema bor joyga bormayman!

  • 04.08.2022 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning sobiq hujumchisi Raul de Tomas Madridga qaytish taklifini rad etdi.

Ayni paytda “Espanol” sharafini himoya qilayotgan forvard “Real”ning asosiy to‘purari Karim Benzema soyasida qolib ketmaslik uchun madridliklarning chorlovini qabul qilmagan va “Qirollik klubi”ga qaytishdan bosh tortgan.

Raul de Tomas yil oxirida Qatarda   bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi. Biroq, “Real”ga borib, zaxirada o‘tirib qoladigan bo‘lsa, terma jamoadan joy tegmasligini yaxshi biladi.

Aslida “Real” asosiy transfer sifatida Kilian Mbappe va Erling Xolandni belgilagan edi. Klub mutasaddilari hujum chizig‘iga birorta munosib o‘yinchini transfer qila olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!