"Benzema hali ham Fransiyaning eng yaxshi hujumchisi"
Fabinyo oʻzining sobiq jamoadoshi Karim Benzema haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, u hali ham Fransiyadagi eng yaxshi "toʻqqizlik" pozitsiyasidagi futbolchi. Aslida, uni oddiy hujumchi deb atash qiyin, chunki Karim juda universal.
U farq yaratа oladi — gol uradi, vaziyatlar yaratadi. Mashgʻulotlarda uning darvoza oldidagi mahoratini koʻrganman.
Saudiya Arabistonida baʼzi oʻyinlar issiq tufayli qiyin kechadi, lekin bu unga taʼsir qilmayotgandek. U koʻp yuguradi, qattiq mehnat qiladi va hal qiluvchi futbolchi hisoblanadi", — deya taʼrif berib oʻtdi "Liverpul"ning sobiq futbolchisi.
Fikrlar