Benzema Jiddadan ketib qoldi. Rahbariyat bilan kelishmovchilik chiqqani aytilmoqda

  • 30 dekabr, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Ittihod”  sharafini himoya qilayotgan Karim Benzema Jidda shahridan ketib qolgan va jamoaning oxirgi ikki mashg‘ulotiga kelmagan.

AS nashrining ma’lum qilishicha, frantsiyalik forvardning mashg‘ulotlarga kelmaslikdan tashqari, shaharni tark etgani xavotirli holat. Ayni paytda 36 yoshli futbolchining nega bunday yo‘l tutganiga aniq va rasmiy javob yo‘q.

Biroq manba mashhur o‘yinchi klub rahbariyati bilan kelisha olmay qolganini ta’kidlamoqda.  

Bundan tashqari, keyingi paytda “Al-Ittihod” muxlislari o‘yin darajasi tushib ketgani uchun Karim Benzemani jiddiy tanqid qilib kelayotoan edi. Xususan, tajribali futbolchi Krishtianu Ronaldu etakchilik qilayotgan “An-Nasr” bilan bo‘lgan printsipial to‘qnashuvda ancha bo‘sh o‘ynadi. Unda poytaxtliklar 5:2 hisobida zafar quchdi.

Aynan mana shu o‘yindan keyin Karimga e’tirozlar kuchayib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!