Benzema nega “Al-Ittihod” bilan ziddiyatgani borgani asl sababi ma’lum bo‘ldi

  • 28 yanvar, 2024, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi hujumchisi Karim Benzema klub rahbariyati bilan nega kelisha olmay qolgani sabablari ochilmoqda.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi ta’tildan qaytdi va jamoaga qo‘shilishi bilan klub xo‘jayinlariga o‘z talablarini aytdi.

Dam olishdan 17 kun kechikib kelgan Benzema raqobatbardosh jamoada to‘p tepmoqchi ekanini ma’lum qilgan. Karim mutasaddilardan o‘zining darajasidagi o‘yinchilarni olib kelishni so‘ragan.

Benzema “Al-Ittihod” ham “Al-Hilol” singari kuchli tarkib shakllantirishini va shu orqali yuqori o‘rinlar uchun kurashishini talab qilyapti.

O‘z navbatda, Saudiya Arabistoni Professional ligasi xo‘jayinlari Benzemaning Evropaga qaytishiga keskin qarshi chiqmoqda. Ular “Oltin to‘p” sohibining chempionatdan ketib qolishi liga mavqeiga salbiy ta’sir qiladi, deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
.... ....
29/01/2024 09:01
Battar bo'llarin sasigan neftin bilan!!!