Benzema "Real" bosh murabbiyi bo‘lmoqchi
Frantsiyalik hujumchi Karim Benzema futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, "Real"ga bosh murabbiy sifatida qaytish istagi bor ekanligini ta’kidladi.
Bu haqida forvard o‘zining Youtube kanalidagi efir chog‘ida aytib o‘tdi.
"Bir kun kelib, "Real" boshqaruvini qo‘lga olish? Nimaga yo‘q, deyishim kerak?
Bu barcha futbolchilarning orzusi, ammo hozir maydonda to‘p surishim kerak. Murabbiylik mavzusini keyinroq muhokama qilamiz", - deya aytib o‘tdi frantsiyalik futbolchi.

Fikrlar