Benzema va Firminodan keyin Xenderson ham Evropaga qaytishga qaror qildi

  • 9 yanvar, 2024, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda katta ishtiyoq bilan Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan mashhur futbolchilar yana ortga qaytishni xohlab qoldi.

Avvalroq, Karim Benzema “Lion”ga o‘tmoqchi ekani, Angliya klublari Evropani sog‘ingan Firminoni olib kelmoqchi ekani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Bir necha mavsum “Liverpul”da o‘ynagan Jordan Xenderson yozda  “Al-Ittifoq” taklifini qabul qilgandi. Xendersonni jamoaga Angliya futboli afsonalaridan Stivan Jerrard chaqirgandi.

Oradan etti oy o‘tib, Xenderson yana Angliyaga qaytishni qo‘msayapti.  Ma’lumotlarga qaraganda, 32 yoshli futbolchi Arabistonning issiq iqlimi va nam havosiga, shuningdek, arablarga xos turmush tarziga ko‘nika olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
09/01/2024 16:53
Баттар булинглар